Neymar Ispaniya fuqaroligini olishga qaror qildi

20:15, 23 fevral 2016

"Barselona" jamoasi hujumchisi Neymar Ispaniya fuqaroligini olishga qaror qildi.

Yaqin orada 24 yoshli futbolchining Ispaniyaga kelganiga uch yil bo`ladi. Bu esa, unga Ispaniya fuqaroligini olish imkonini yaratadi. Ushbu ma`lumotni Neymarning agenti Vagner Ribeyro ham tasdiqlagan.

Qayd etish joizki, kelib chiqishi braziliyalik bo`lgan yana bir futbolchi – Diego Kosta “Atletiko” safida to`p surayotgan paytida Ispaniya fuqaroligini olgan. Ayni damda u Londonning “Chelsi” klubida faoliyat olib bormoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!