Arsen Venger "Barselona"dan mag`lub bo`lgani uyat emasligini aytdi

15:36, 24 fevral 2016

“Arsenal” klubi ustozi Arsen Venger EChL nimchorak finalida “Barselona”ga qarshi (2:0) kechgan o`yindan keyin o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. 

- Biz "Barselona"ga qarshi hujum uyushtirishga imkon bermasligimiz kerak edi. Ammo, xatoga yo`l qo`ydik va ular bundan unumli foydalanishdi. "Barselona" bizdan kuchli va buning hech qanday uyatli joyi yo`q. Luis Enrike jamoasi bejizga Chempionlar ligasining amaldagi g`olibi emas, - deydi Venger.

Ma`lumot o`rnida, "Barselona" va "Arsenal" o`rtasidagi javob o`yini 16 mart kuni, “Kamp Nou” stadionida o`tkaziladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!