Lola turmushga chiqyapti?!

22:25, 24 fevral 2016

Lola kelinlik libosi bilan nimaga shama qilyapti? Lola ikkinchi bor oq ko`ylak kiyish arafasidami? Xonandaning muxlislarini uning navbatdagi surati va unga qoldirgan izohi ortidan kelib chiqqan mana shu savollar qiynayapti.

Xonanda Lola Yo`ldosheva o`zining “Instagram” ijtimoiy tarmog`idagi shaxsiy sahifasiga kelin ko`ylagi rasmini joylab, unga “Tushlar to`ridan seni to`qidim” deya izoh qoldirdi. 

Lolaning mazkur posti uning muxlislari o`rtasida keng muhokamalarga sabab bo`ldi. Internet foydalanuvchilaridan biri “Ko`ylak juda go`zal va nafis. Bu ko`ylakda sizni tezroq ko`rsak edi” degan izoh qoldirdi. Lola esa unga javoban jilmayib qo`ydi. Xonandaning muxlislaridan yana biri “Siz oq ko`ylak kiyishga munosibsiz. Vaqti-soati kelib, o`zingiz orzu qilgan inson albatta uchraydi”, dedi.

Garchi, xonanda shaxsiy sahifasiga oq ko`ylakning rasmini joylashtirgani sabablariga oydinlik kiritmagan bo`lsa-da, bu harakatdan Lolaning shaxsiy hayotida tez orada o`zgarish bo`lishi mumkinligini anglash qiyin emas.

Izohlardan yana biri e`tiborimizni tortdi. Unda foydalanuvchilardan biri Lolaning Rayhonning konsertiga taklif qilingani yoki qilinmaganini so`ragan. Xonanda bu savolni javobsiz qoldirdi. Yana bir muxlis esa Rayhonning konsertiga Lolani ko`rish uchungina tashrif buyurgani bayon etgan. “Sizni qanchalik sog`inganimni tasavvur ham qilolmaysiz. Noyabr oyigacha ya`ni konsert dasturingizgacha chidolmayman. Sizni ko`rishim kerak”, deydi xonandaning muxlisi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 02:07, 17 mart 2016
Lola Rayhon meni taklif qilmadi deb javob bergandi va keyin bu izohni uchirib tashladi
Гость 09:27, 26 fevral 2016
Дарди йук кесак, ишки йук эшак, дейди доно халкимиз.