OFK prezidenti futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasini tabrikladi

05:28, 25 fevral 2016

Osiyo futbol konfederasiyasi prezidenti Shayx Salmon ibn Ibrohim Oli Xalifa O`zbekiston Futbol Federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonov nomiga futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati yo`llanmasini qo`lga kiritgani munosabati bilan tabriknoma yo`lladi. 

O`FF matbuot xizmatining xabar berishicha,  Shayx Salmon futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga yo`llanmani qo`lga kiritgani bilan muborakbot etgan. Shuningdek, u Osiyo chempionati tashkilotchilari va O`zbekiston Futbol Federasiyasiga Jahon darajasidagi musobaqani tashkil qilishdagi jonbozliklari va mehnatlari uchun ham minnatdorchilik bildirdi.

Eslatib o`tamiz, mezbon sifatida futbol bo`yicha Osiyo chempionatida ishtirok etgan O`zbekiston terma jamoasi kumush medal sovrindori bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!