London restoranlaridan birida qurollangan erkak ovqatlanayotgan ayolni ikki soat garovda ushlab turdi

10:42, 25 fevral 2016

London restoranlaridan birida pichoq bilan qurollangan erkak restoranda o`tirgan ayolni ikki soat mobaynida garovda ushlab turdi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bella Italia tarmog`idagi restoranlardan birida ayolni majburan garovda ushlab turgan erkak bilan muzokara olib borish uchun o`nlab huquq-tartibot idorasi xodimlari etib kelgan. Restoran o`rab olingan, vaziyat ijobiy hal etilguncha qadar yaqin o`rtadagi restoranlarda ovqatlanayotgan mijozlardan joylarida qolishlari iltimos qilingan.

Taxminlarga ko`ra erkak garovdagi ayolni yaxshi tanigan. Polisiya erkakni ushlab, qurolsizlantirgan, jabrlanganlar yo`q.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!