Igor Sergeev “Paxtakor” — “Al-Hilol” uchrashuvida eng yaxshi futbolchi deb topildi

10:46, 25 fevral 2016

Osiyo chempionlar ligasi 1-turida "Paxtakor" jamoasi o`z maydonida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" futbolchilarini qabul qildi. Unda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.

E`tiborli jihati, “Paxtakor”ning dastlabki golini kiritgan va uchrashuv davomida faolligi bilan ajralib turgan Igor Sergeev mazkur uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!