Antonio Konte tez orada “Chelsi” bosh murabbiyiga aylanadi

12:33, 25 fevral 2016

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte tez orada “Chelsi” klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 

London klubi rasmiylari 46 yoshli mutaxassis agenti bilan bugun uchrashib, uning kelajagini muhokama qilishadi. Ma`lumotlarga ko`ra, “Chelsi” Kontega yiliga 6 million evro maosh to`lashga tayyor. 

Eslatib o`tamiz, bir necha kun avval tomonlar og`zaki kelishuvga erishgani haqida xabar berilgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!