Teleboshlovchi Viktoriya Bonya YTHga uchradi

14:20, 25 fevral 2016

Rossiyalik mashhur teleboshlovchi Viktoriya Bonya yo`l-transport hodisasiga uchradi, deya xabar berdi, “m24.ru” nashri. 

Kuchli zarbadan avtomobilning orqa qismi — yukxona va bamperi shikastlangan. Urilgan avtomobil jiddiy talofot ko`rgan. Viktoriya Bonyaning biroz sarosimaga tushganini hisobga olmaganda, tan jarohati olmagan. 

Taxminlarga ko`ra, yo`l-transport hodisasiga Viktoriyaning mashinasiga, muzda sirg`anib urilgan avtomobil sabab bo`lgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!