DAISh jangarilari Facebook va Twitter asoschilariga tahdid qildi

14:38, 25 fevral 2016

DAISh terrorchilik tashkiloti jangarilari Facebook va Twitter ijtimoiy tarmoqlari asoschilariga qaratilgan tahdidlar aks ettirilgan videorolikni tarqatdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda

Telegram messenjerida tarqalgan videorolikda ikkala ijtimoiy tarmoq asoschilari Mark Sukerberg va Jek Dorsining o`shq bilan ilma-teshik qilingan suratlari aks ettirilgan.  

Video mualliflari  “Saytlari yo`q qilingandan keyin Sukerberg va Dorsining ham ismlarini o`chirib tashlash” bilan tahdid qilgan.

Bundan tashqari, lavhada foydalanuvchilarning sahifalariga kirilib, egalarining suratlari o`zgartirilishi, tashviqiy materiallar joylashtirilishi ko`rsatilgan. Terrorchilar Facebook’dagi 10 mingdan ortiq individual sahifa, 150 guruh hamda Twitter’dagi 5 mingdan ortiq sahifalarga shu yo`l bilan kirib olganlarini iddao qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!