Shoxruhxon ashaddiy muxlisiga smartfon sovg`a qiladi

10:32, 26 fevral 2016

Xonanda Shoxruhxon konsertiga tashrif buyurgan ashaddiy muxlisiga smartfon sovg`a qilishini ma`lum qildi

1 martdan boshlab, “Istiqlol” san`at saroyida Shoxruhxonning 24-27 may kunlari bo`lib o`tadigan konsert dasturiga chiptalar sotuvi boshlanadi. Shu munosabat bilan xonanda muxlislari uchun aksiya e`lon qildi. Unga ko`ra, konsertga chipta sotib olib, chipta ishtirokida 15 soniyalik videorolik ishlab, uni Telegram`dagi +99898 305-19-19 raqamiga jo`natish kerak. 

Mazkur videorolik Shoxruhxonning Insragram`dagi sahifasiga joylanadi. Eng ko`p “Layk” olgan uchta videorolik mualliflari sevimli xonandasidan konsert kuni smartfonni qabul qilib oladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!