O`zbekiston fuqarolari dunyoning 52 mamlakatiga vizasiz chiqishlari mumkin

11:44, 26 fevral 2016

Etakchi xalqaro Henley & Partners kompaniyasi vizaning chegaralanishi bo`yicha dunyoning 200 dan ortiq mamlakatlari ishtirokida navbatdagi viza qoidalari bo`yicha reyting o`tkazdi. 

Ro`yhatdagi o`rinlar vizasiz chiqish mumkin bo`lgan mamlakatlar soniga qarab belgilandi. O`zbekiston bu ro`yxatda 85-o`rinni egalladi, fuqarolarimiz 52 ta mamlakatga vizasiz chiqishlari mumkin, deb yozadi “Norma.uz” nashri.

Ular quyidagi davlatlar:

  • Shimoliy va Lotin Amerikasi:
  • Dominika 21 kun
  • Barbados 28 kun
  • Antigua va Barbuda 1 oy
  • Sent-Vinsent va Grenada 1 oy
  • Ekvador 3 oy
  • Gaiti 3 oy

Borgandan keyin viza ochiladi:

  • Boliviya
  • Yamayka
  • Nikaragua
  • Afrika:
  • Seyshel oroli (1 oy)
  • Namibiya (2 oy)

Borgandan keyin viza ochiladi:

  • Mali
  • Gambiya
  • Burundi
  • Kabo-Verde
  • Komor oroli
  • Jibuti
  • Gvineya-Bisau
  • Keniya
  • Madagaskar
  • Mavrikiya
  • Mozambik
  • Togo
  • Uganda
  • Zambiya

Evropa:

  • Rossiya
  • Belarus
  • Armaniston
  • Gruziya
  • Kosovo (90 kun)
  • Moldova (90 kun)
  • Ukraina (90 kun)

Okeaniya:

  • Kuka orollari (1 oy)
  • Mikroneziya federativ shtatlari (1 oy)
  • Niue (1 oy)
  • Tuvalu (1 oy)
  • Samoa (60 kun)

Borgandan keyin viza ochiladi:

  • Palau

Osiyo:

  • Qozog`iston
  • Malayziya (30 kun)
  • Turkiya (30 kun)
  • Qirg`iziston (60 kun)
  • Ozarbayjon (90 kun)

 
Borgandan keyin viza ochiladi:

  • Iordaniya
  • Kamboja Laos
  • Livan
  • Makao
  • Maldiv orollari
  • Nepal
  • Shri Lanka
  • Suriya Tailand
  • Timor-Leshti

Shuni ta`kidlash joizki, xorijga chiqish uchun albatta doimiy ro`yxatda turadigan joyingizdagi XChK va FB ning boshqa mamlakatlarga chiqish uchun 2 yil muddatga qo`yiladigan maxsus stikeri bo`lishi shart. Xorijda pasportning amal qilishi muddati o`tib ketadigan bo`lsa, u haqiqiy hisoblanmaydi. Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog`iston, Qirg`iziston (60 kungacha), Moldova va Ukraina mamlakatlariga chiqish uchun maxsus stikerning bo`lishi shart emas.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!