“Guruh rahbarligi uchun shtat belgilanganmi?”

17:14, 26 fevral 2016

Men yaqinda oliy o`quv yurtini tugatib, maktabda ish boshladim. Aytingchi,  ta`lim muassasalarida  o`qituvchilar rahbarlik qilayotgan guruhlari uchun guruh rahbarlik shtati belgilanganmi?

O`. Safarov, Shahrisabz shahri

Zayniddin XUDOYBERDIEV, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi direktorining o`rinbosari:

— Ta`lim muassasalarida guruh rahbarligi uchun alohida shtat tashkil etilmagan, lekin Vazirlar Mahkamasining “O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari xodimlari mehnatiga haq to`lash to`g`risida”gi Nizomida O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi xodimlariga ustamalar va qo`shimcha to`lovlar bazaviy ta`rif stavkasiga qo`shimcha to`lovlarning turlari belgilangan. Unga ko`ra:

  • guruh rahbarligi uchun – eng kam oylik ish haqining 100 foizi
  • yozma ishlarni tekshirish uchun – eng kam oylik ish haqining 50 foizi
  • o`quv va labaratoriya kabineti mudirligi uchun – eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdori qo`shimcha to`lov to`lanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!