Afg`onistonda hudkush-terrorchi 11 kishini portlatib yubordi

13:48, 27 fevral 2016

Afg`onistonning Kunar viloyati markazi Asadobod shahrida hudkush-terrorchi gubernatorning uyi yaqinida o`zini portlatib yubordi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda

Terakt oqibatida 11 kishi halok bo`lgan, yana 40 kishi yaralangan. Jabrlanganlarning aksariyati og`ir ahvolda ekanligi aytilmoqda. 

Terakt bugun 27 fevral kuni tongda shahar markazidagi maydonda sodir etilgan. Maydonga yaqin hududlarda bir nechta hukumat binolari joylashgan edi.

Bundan avval 1 fevral kuni Afg`oniston poytaxti Qobul shahrida yuz bergan terakt oqibatida 10 kishi hayotdan ko`z yumgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!