“O`zbeknavo” ayrim xonandalarga sertifikatlar topshirdi

11:10, 29 fevral 2016

“O`zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan san`atkorlar uchun O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari o`z nihoyasiga etdi. Bu haqda “O`zbeknavo” estrada birlashmasining matbuot xizmati xabar bermoqda.

O`quvchi-xonandalar Farrux Ahmedov, Umar Shamsiev, Tohir Usmonov, Husan, Mustafo, Botir Yaminov, Yagona, Amira Alibekova, Ruhshona kabi bir qator xonandalarga maxsus sertifikat topshirildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri o`rinbosari-“O`zbeknavo” estrada birlashmasi Bosh direktori Farhod Jo`raev, O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti prorektori Go`zal Holiqulova va boshqa institut professor-o`qituvchilari ishtirok etdi. O`zlashtirish bo`yicha eng yuqori ko`rsatgichlarni qo`lga kiritgan estrada xonandalariga alohida sovg`alar topshirildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!