Bog`dodda yuz bergan terakt 70 kishini hayotdan olib ketdi

12:20, 29 fevral 2016

Iroqning Bog`dod shahrining sharqiy tumanlaridan birida terakt sodir etildi. Terakt oqibatida 70 kishi halok bo`ldi, 100 dan ortig`i jarohatlandi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, dastavval bomba portlagan, so`ng hudkush-terrorchi omma orasiga kirib, o`zini portlatib yuborgan. Ba`zi manbalar ikki hudkush-terrorchining portlatilgani haqida xabar bermoqda. 

Terakt javobgarligini DAISh terrorchilik harakati o`z zimmasiga olgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!