Nukusda haydovchi va piyodalarga yangicha qulaylik yaratildi (FOTO)

21:21, 29 fevral 2016

Nukus shahri ko`chalarida toshkentlik haydovchi va piyodalarni qiynovchi muammoga oddiy echim topildi, deb yozadi “Daryo” nashri.

Maqolaga ilova qilingan suratlarda yo`lni ikkiga ajratib turuvchi panjaraning piyodalar o`tish joyiga yaqin qismi haydovchilarga qulay tarzda pasaytirilganini ko`rish mumkin.

«Aslida murakkab savolning javobi oddiy bo`ladi, deyishadi, ha, bu hikmatni nukusliklar yana bir bor tasdiqladi», — deyiladi xabarda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!