“Oskar-2016” taqdimot marosimidagi eng chiroyli va eng xunuk liboslar

13:27, 01 mart 2016

Kecha, 29 fevral kuni AQShning Los-Anjeles shtati “Dolbi” kinoteatrida bo`lib o`tgan “Oskar” taqdirlash marosimi shu kunlardagi eng e`tiborli hodisalardan biri bo`ldi, desak mubolag`a bo`lmaydi.  Mazkur marosimga tashrif buyurgan aktrisalarning liboslarini butun dunyo dizaynerlari va mashhurlarning muxlislari  keng muhokama qilmoqda. Quyida aktrisalar dunyoning eng nufuzli taqdimot marosimiga qanday kiyinib kelganini aytib o`tamiz.  

1. Xaydi Klum (Marchesa brendi ko`ylagi)

Xaydiday go`zal, qaddi-qomati kelishgan ayolning ko`ylagini qorong`ida shoshilib, bir yonga kiyib olganday taassurot uyg`otadi. Aslida esa ko`ylakning rangi ham, matosi ham chiroyli tanlangan.

2. Keyt Blanshett (Armani Privé brendi ko`ylagi)

Keyt Blanshett qizil yo`lakchada paydo bo`lishi bilan jurnalistlar uning ko`ylagini muhokama qila boshlashdi. Blanshett har doimgiday go`zal va qahrli malikaga aylangandi. Faqat bu safar jahldor malikaning ko`ylagini nafis gulchalar bezab turardi. Umuman olganda, tadbir davomida bundan xunuk ko`ylaklar ham ko`zga tashlandi. 

3. Margo Robbi (Tom Ford brendi ko`ylagi)

Klassik uslubda tikilgan, hozirgi kunda urfdan qolgan deb hisoblangan tillo rang ko`ylak Margo Robbiga juda ham yarashgan va bu ko`ylak hammaga birdek ma`qul bo`ldi. Margo imkoni yo`q ishni muvaffaqiyatli amalga oshirdi, chunki u tanlagan ko`ylakning rangi hammaga ham mos kelavermaydi.

4. Keyt Uinslet (Ralph Lauren brendi ko`ylagi)

Keyt Uinslet kiygan ko`ylak barchaning tanqidiga uchrab, marosimning eng xunuk ko`ylaklari qatoriga kiritildi. Shunday mashhur aktrisaga dizayner Ralf Loren nima uchun bu ko`ylakni tavsiya etgani hammani taajjubga soldi.   

5. Julianna Mur (Chanel brendi ko`ylagi)

Juliana Mur tabiatan go`zal ayol bo`lgani tufayli, unga har qanday libos ham yarashadi. Uning bashang ko`ylagi haqida hech kim yomon fikr bildirmadi.

6. Ledi Gaga (Brandon Maxwell brendi ko`ylagi)

Ledi Gaga ko`ylagi dunyoning eng xunuk liboslari ro`yxatiga kirishini oldidan sezganday, har bir jurnalistga ko`ylagining dizayneri do`sti ekanligi haqida gapirishdan charchamadi.

7. Sharliz Teron (Christian Dior brendi ko`ylagi)

Sharliz Teronning ko`ylagi ochiq-sochiq bo`lsa-da, hammada yaxshi taassurot qoldirib, marosimning eng go`zal libosi degan nomga sazovor bo`ldi va ro`yxatning boshidan o`rin oldi.

8. Riz Uizerspun (Oscar de la Renta brendi ko`ylagi)

Riz Uizerspunning ko`ylagi klassik uslubda tikilgan bo`lib, uning rangi Rizga juda ham mos kelgan. Ammo ko`ylakning uzunligidan Riz qadam tashlaganda, tomoshabinlarda etagini bosib olib, yiqilib tushadiganday taassurot uyg`otdi. Agar ko`ylakning etagi hech bo`lmaganda, ikki santimetr qisqa bo`lganda, nur ustiga a`lo nur bo`lardi.

9. Oliviya Uayld (Valentino Haute brendi ko`ylagi)

Oliviya Uayldning erkaklarning kombinezonini eslatuvchi, oq rangli ko`ylagi marosim ishtirokchilarida salbiy fikr uyg`otib, barchaning tanqidiga uchradi. Dizayner Valentino bu ko`ylak bilan Oliviyani noqulay ahvolga solib qo`ydi.

10. Bri Larson (Gucci brendi ko`ylagi)

Bri Larsonning libosi o`ziga juda yarashgan bo`lsa-da, taqilgan qalin kamar va etagidagi jabralar uning chiroyiga biroz soya soldi. Ammo uning libosi qanchalik tanqidga uchramasin, Bri Larson sahnaga chiqib, “Oskar” mukofotini qabul qilishdan uyalmadi.   

11. Vupi Goldberg (Dames of New York brendi ko`ylagi)

Vupi Goldberg nimagadir taqdimotga gotik teatrlar darpardasini eslatuvchi matodan tikilgan ko`ylakni kiyishga qaror qilgan. U ham Ledi Gaga singari ko`ylakni unga atab, maxsus tikishgani haqida gapirishdan to`xtamadi. Ayol qalbini aldab bo`lmaydi, Vupi Goldberg ham ko`ylagi xunuk liboslar ro`yxatidan o`rin olishini oldindan his qilgan, shekilli.

12. Jennifer Lourens (Dior brendi ko`ylagi)

Jennifer Lourensning kiygan libosi har qanday xunuk oyoqlarni yashirishga qodir, chiroyli ko`ylaklar qatoriga kiritildi. “Oskar” mukofoti taqdimotida u ilk marotaba ko`ylagiga chalishib yiqilib ketmadi. Avvalgi taqdimot marosimlarda u bir necha marotaba bunday noqulay vaziyatga tushgan.

Manba: Gazeta.ru

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!