Bir o`qituvchi ikki sinfga rahbarlik qilishi mumkinmi?

16:52, 01 mart 2016

Maktablarda bir o`qituvchi ikkita boshlang`ich sinfga rahbarlik qilishi mumkinmi? Ayni kunda yurtimiz umumta`lim maktablarida necha nafar boshlang`ich sinf o`qituvchilari faoliyat yuritishmoqda?

Feruza Musaeva, Surxondaryo viloyati

Fayzulla AHMEDOV, Xalq ta`limi vazirligi bosh boshqarma boshlig`i:

—  Amaldagi me`yoriy hujjatlarga muvofiq nafaqat boshlang`ich sinf o`qituvchisi, balki boshqa fan o`qituvchilarining ham ikkita sinfga rahbarlik qilishi mumkin emas.

Xalq ta`limi tizimidagi umumta`lim maktablarida 2015 yil sentyabr holatiga ko`ra jami 110 874 nafar boshlang`ich sinf o`qituvchilari faoliyat ko`rsatadi. 2015-2016 o`quv yilida respublika miqyosida oliy o`quv yurtlarini tamomlagan yosh mutaxassislardan 805 nafar boshlang`ich sinf o`qituvchilari umumta`lim maktablariga ishga qabul qilindi. 

Shuningdek, keyingi o`quv yilida 321 nafar boshlang`ich sinf o`qituvchilariga ehtiyoj kutilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!