OChL – 2016. “Bunyodkor” o`z maydonida “An-Nassr”ga mag`lub bo`ldi

21:54, 01 mart 2016

Osiyo chempionlar ligasi “B” guruhi 2-turi doirasida Toshkentning Bunyodkor jamoasi o`z maydonida Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubiga qarshi bahs olib bordi. 

Uchrashuvning 35 daqiqasida Maiga tomonidan kiritilgan yagona gol mehmonlarga qimmatli uch ochko olib keldi. “Qaldirg`ochlar” esa bugun ochkosiz qoldi. 

Eslatib o`tamiz, dastlabki o`yinda jamoalar 3:3 hisobida durang qayd etgandi.   

“Bunyodkor” – “An-Nassr”- 0:1

Gol: Maiga, 35

“Bunyodkor”: Zuhurov, Shorahmedov, Komilov, Minori Sato (Bahodir Nasimov, 72), Shomurodov (Sanjar Qodirqulov, 80), Hamdamov, Ashurmatov, Shukurov, Yurisa Bulyat, Alempievich, Nurmatov (Zabixillo O`rinboev, 52)

“Al Nasr”: Al Enazi, Muhammad Madu, Omar Havsasi, Al Sehri (Gabriel Markinos, 57), Al Hamdi, Ibrohim Muhammad, Abdulaziz Jebrin, Xusayn Sulaymoni, Modibo Maiga, Shaya Sharahli (Xamis Al Faraj 63), Adrian Mierjievski (Muhammad Al Sahlaviy, 80)

Ogohlantirishlar: Shomurodov (27)  – Xavsavi (53), Ibrohim Muhammad (90)

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!