Xames va Isko yozda “Real”ni tark etishi mumkin

09:59, 02 mart 2016

“Real” jamoasi rahbariyati joriy yilning yozida Isko va Xames Rodrigesni sotib yuborishni rejalashtirmoqda.

Ispan nashrlarining yozishicha, klub rahbariyati mazkur futbolchilarning harakatidan ko`ngli to`lmagan. Shu sababdan har ikki futbolchi asosan zaxiradan maydonga tushmoqda.

O`tgan yilning kuzida kolumbiyalik futbolchi maoshini oshirishlarini so`rab qilgan murojaati rahbariyatga yoqmagan. Isko esa Zidan ishonchini yo`qotgani aytib o`tilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!