Apple vakili Telegram`ni “zararli dastur” deb atadi

14:05, 02 mart 2016

Apple bosh huquqshunosi Bryus Syuell Kongressda Kaliforniyaning San-Bernardino shahrida otishma sodir etgan terrorchining iPhone smartfonidagi ma`lumotlarni ochish haqidagi ish ko`rib chiqilayotgan paytda Telegram messenjerini “zararli va umuman ochib kirish mumkin bo`lmagan dastur” deb atadi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Syuell kongressmena Bob Gutlattning Apple  kompaniyasi Federal qidiruv boshqarmasining talabini bajargan taqdirda ham hukumat boshqa ma`lumotlarni ochish xizmatiga ham ehtiyoj sezishi haqidagi fikrini qo`llab-quvvatladi.  Shundan so`ng u Telegram dasturini istalgan smartfonga yuklab olish mumkinligi va uni ochishning umuman imkoni yo`qligini aytib o`tdi.

 “Bu terrorchilar qo`lidagi eng zararli dasturlardan biri. Apple kompaniyasi iPhone smartfonlarini buzib kirish imkonini beruvchi operasion tizim yaratsa, bu nafaqat terrorchilar, balki millionlab begunoh insonlar smartfonlari xavfsizligiga putur etkazadi”—dedi Syuell.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!