Forbes dunyo boylarining yangi reytingini e`lon qildi

14:58, 02 mart 2016

Forbes jurnaliniing Amerikada chop etiladigan versiyasi o`tkazgan reytingga ko`ra, Microsoft asoschisi Bill Geytsning daromadi bir yilda to`rt milliard dollarga kamaydi, deb xabar beradi “Lenta.ru”. 

Ammo bunga qaramay,mashhur tadbirkor dunyo boylari reytingida birinchilikni qo`ldan boy berganicha yo`q. Bill Geytsdan keyingi o`rinni ispaniyalik milliarder Inditex kompaniyasi asoschisi Amansio Ortega 64,5 milliard dollarlik daromadi bilan egallab turibdi. Uning daromadi o`tgan yilga nisbatan 500 millionga ortgan. 

Taniqli amerikalik investor Uorren Baffet esa reytingdagi uchinchi pog`onani saqlab qoldi. 85 yoshli tadbirkorning daromadi 60,8 milliard dollarga teng. Uniing daromadlari o`tgan yilga nisbatan 12 milliardga kamaygan. 

Reytingning to`rtinchi va beshinchi pog`onasini meksikalik Karlos Slim El va Amazon.com asoschisi Jeff Bezos egalladi.

Facebook asoschisi Mark Sukerberg esa bir yil ichida o`nta o`ringa yuqorilab, 44,6 milliard dollar miqdoridagi daromadi bilan oltinchi o`rinni zabt etdi.

Dunyo boylari reytingining o`ntaligidan, shuningdek Oracle asoschisi 71 yoshli Larri Ellison, Bloomberg bosh direktori Maykl Blumberg va Koch Industries korporasiyasi aksiyadorlari Charlz va Devid Koxlar ham kiritildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!