Xames Rodriges polisiya xodimlariga bo`ysunmagani uchun jarimaga tortildi

15:38, 02 mart 2016

Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Xames Rodriges Ispaniya polisiyasiga bo`ysunmaganligi uchun jarimaga tortildi. 

Ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning boshida kolumbiyalik futbolchi jamoa mashg`ulotlariga kelish uchun o`zining mashinasida 200 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Buni payqagan polisiya xizmati unga to`xtash uchun ishora qilgan, biroq Xames to`xtamagan. 

Kolumbiyalik futbolchi ushbu vaziyatni o`g`rilik deya baholagan. Uning Vatanida bunday holatlar ko`plab uchrab turadi. Shunga qaramay, Xames 10 ming evro  miqdorida jarima to`laydigan bo`ldi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!