Filippinliklar Madonnani milliy bayroqni taxqirlaganlikda ayblashdi

00:56, 03 mart 2016

Filippinlik amaldorlar amerikalik qo`shiqchi Madonnani milliy bayroqni taxqirlaganlikda ayblab, mamlakat hududiga kirishni taqiqlashlari mumkinligini po`pisa qilishdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Filippin milliy-tarixiy geraldik seksiyasi rahbari Teodoro Atiensa amerikalik qo`shiqchi Madonnani mamlakat qonunlariga zid ravishda, uning bayrog`idan kiyim sifatida foydalanganlikda aybladi. Fevral oyining oxirida mamlakat poytaxti Manilada konsert bergan Madonna egniga Filippin milliy bayrog`ini tashlab chiqqan. Bayroqning polda sudralganligini Teodoro Atiensa yana bir qonunbuzarlik deb atadi. Uning fikricha, Madonna bu harakatlari bilan mamlakat hududiga kirish huquqidan o`zini-o`zi mahrum etgan. Konsert tashkilotchilari ham jazodan quruq qolmay, mamlakat hududidan deportasiya qilinishi ko`zda tutildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!