“Islom davlati” guruhi materiallari tarqalishining oldini olish maqsadida Telegram messenjerini tekshirish so`raldi

11:43, 03 mart 2016

Rossiya demokratik muammolar tadqiqoti jamg`armasi boshlig`i, millatlararo va diniy munosabatlarni uyg`unlashtirish ijtimoiy palatasi komissiyasining boshliq o`rinbosari Maksim Grigorev Rossiya bosh prokuraturasidan “Islom davlati” guruhi materiallari tarqalishining oldini olish maqsadi Telegram messenjerini tekshirishni iltimos qildi, deya xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

“Jamg`armamiz bir necha marotaba Telegram messenjerida terrorchilikga oid xabarlarni aniqladi. Bu xabarlarda terrorchilik targ`ib qilinib, portlovchi moddalardan foydalanish, diversion harakatlarni amalga oshirish usullari haqida so`z yuritilgan” – deb ta`kidladi Grigorev.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!