Maradona hozir qaysi jamoada o`ynashni istaydi?

12:43, 03 mart 2016

“Barselona” va “Napoli” klublari hamda Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Maradona ayni damdagi Katalon klubida to`p surish istagi borligini aytib o`tdi. 

- Men hozirgi “Barselona”da to`p surishni xohlardim. Shu bilan birgalikda, ushbu jamoani mag`lub qilishga ham yo`q demasdim. Neymarga keladigan bo`lsak, u yaqin kelajakda “Oltin to`p”ga erishadi , — deydi Maradona.

Eslatib o`tamiz, Diego Maradona 1986 yilgi Jahon chempionatida Argentina safida chempion bo`lgandi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!