Lolaning kelinlik libosi bilan bog`liq sir fosh bo`ldi(audio)

15:52, 03 mart 2016

Xonanda Lola kuni kecha poytaxt radiostansiyalari orqali yangi “Sog`indim” deb nomlangan qo`shig`ini taqdim etdi. Qo`shiq xonandaning besh yillik hamkorlari Sarvar va Komil qalamiga mansub. Xonanda Instagram`dagi sahifasida buni aytib o`tar ekan, “Qalbimni his etganingiz uchun rahmat” deya qo`shiq ijodkorlariga minnatdorchilik bildirdi. 

Shuni alohida ta`kidlab o`tish kerakki, xonanda Lola anchadan beri ijtimoiy tаrmoqlardagi sahifalariga o`zining kelinlik libosidagi suratlarini joylab, “Tez kunda” deya muxlislarida katta qiziqish uyg`otib kelayotgan edi. Bu orada ayrim muxlislari uni tez orada turmushga chiqayotganini taxmin qilishga ham ulgurdi. Ammo Lola kecha barcha sirlarni oshkor qildi. U rostan ham kelinlik libosini kiydi, faqat klipda. “Sog`indim” qo`shig`iga ishlangan klip tez orada e`tiboringizga havola etiladi. Hozircha esa, Lolaning yangi qo`shig`idan bahramand bo`ling.

 

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 19:55, 14 mart 2016
Lola opaga ishlarida omad tileman
Гость 16:23, 03 mart 2016
Lolani tinch qõyila namuncha unga yopishvoldila nima undan boshqa odam yõmi obsujdat qilishga