Putin Medvedevning rafiqasini faxriy yorliq bilan taqdirladi

10:25, 04 mart 2016

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedevning rafiqasi, ijtimoiy-madaniy tashabbus ko`rsatish harakati jamg`armasi boshlig`i Svetlana Medvedevani Kronshtad dengiz cherkovini qayta tiklashda ko`rsatgan xizmatlari uchun faxriy yorliq bilan taqdirladi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Svetlana Medvedeva bu jamg`armaga 2008 yilda asos solgan. Uning ishtirokida jamg`arma ko`krak bezi saratonining oldini olish maqsadida “Oq atirgul” nomli xayriya-tibbiy markazi loyihasini ishlab chiqdi. 2008 yildan beri Rossiyada nishonlanib kelayotgan “Oila, muhabbat va sadoqat bayrami” g`oyasi ham aynan bosh vazirning rafiqasiga tegishli.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!