Toshkentdagi ayrim ta`lim muassasalarida Wi-Fi tarmog`i ishga tushirildi

14:35, 04 mart 2016

Beeline aloqa operatori Toshkentdagi to`rtta ta`lim muassasalarida Wi-Fi hududlarini ishga tushirdi, deb xabar qiladi “Mobinfo.uz”.

Demak, endilikda quyidagi ta`lim muassasalari hududida Wi-Fi tarmog`idan foydalanish mumkin:

•  Toshkent avtomobil yo`llari instituti
•  Nizomiy nomidagi davlat pedagogika universiteti
•  Toshkent davlat agrar universiteti
•  Respublika rassomchilik kolleji

Ma`lumotlarga ko`ra, cheksiz internet xizmatlari narxi Beeline abonentlari uchun soatiga — $0,50.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!