Garet Beyl maydonga qaytishga tayyor

14:45, 05 mart 2016

“Real” jamoasi yarim himoyachisi Garet Beyl jarohatidan forig` bo`lib, safga qaytishga tayyorligi ma`lum bo`ldi. 

Uelslik futbolchi jamoa mashg`ulotlariga qaytdi va bugun “Selta”ga qarshi o`yinda maydonga tusha oladi. Shuningdek, o`tgan hafta jarohat olib safdan chiqqan Marselo ham bo`lajak o`yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, “Real” navbatdagi uchrashuvini bugun, 5 mart kuni Ispaniya chempionati 28-turida “Selta”ga qarshi o`tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:00 da boshlanadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!