AQSh DAIShga qarshi kurashish uchun V-52 bombardimonchi samolyotlarini yuboradi

15:42, 05 mart 2016

AQSh DAIShga qarshi kurashish uchun V-52 strategik bombardimonchi samolyotlarini yuboradi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Aprel oyida yadro qurolidan zarba berish qobiliyatiga ega bo`lgan samolyotlar ekstremistlarga qarshi o`tkaziladigan havo operasiyalarda ishtirok etadi. Amerika aviasiya guruhidagi B-1 Lancer bombardimonchi samolyotlari o`rnini V-52 samolyotlari egallaydi. Ularning va shaxsiy tarkibning soni hali ma`lum qilinmagan. Iroq va Suriyadagi janglarda ishtirok etgan V-1 samolyotlarining oxirgisi ham AQShdagi aviabazaga yanvar oyida qaytib kelgan. Ularni yozda ta`mirlash ko`zda tutilgan. V-1 samolyotlari DAIShga qarshi o`tkazilgan operasiyalarning uch foizida ishtirok etgan bo`lsa-da, jangarilar ustiga 40  foiz bomba tashlagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!