De Xeaning qallig`i Manchesterni yoqtirmasligini aytdi

16:03, 05 mart 2016

“Manchester Yunayted” jamoasi darvozaboni David De Xeaning qallig`i Edurne Garsiya Manchester shahrini yomon ko`rishini aytib o`tdi. 30 yoshli Garsiyaga, xususan, shaharning havosi va binolari manzur kelmas ekan.

Ma`lumot uchun, Edrune Garsiya qo`shiqchilik, model biznesi, boshlovchilik va aktrisa kasblariga qiziqadi. U o`tgan yili o`tkazilgan “Evrovidinie” qo`shiq tanlovida 27 ishtirokchi o`rtasida 21 o`rinni egallagan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!