“Kamolot” uylari Bektemir tumanida yosh oilalarga topshirildi

09:22, 09 mart 2016

Poytaxtimizning Bektemir tumanida bunyod etilgan “Kamolot” uylari yosh oilalarga topshirildi. 

“Kamolot” uylari boshlang`ich badal to`lanmasdan, 20 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davr belgilangan holda berilayotgani yosh oilalarga katta qulaylik yaratmoqda. 2015 yilda Toshkent shahrining Sergeli, Uchtepa va Bektemir tumanlarida 160 xonadonli 5 “Kamolot” uyi yosh oilalarga topshirildi. 

Joriy yilda ham ushbu ezgu an`ana izchil davom ettirilmoqda. Yanvar oyida Mirobod va Chilonzor tumanlarida har biri 32 xonadondan iborat 3 “Kamolot” uyi barpo etildi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!