Shassida g`ildiragini yo`qotgan samolyot Tyumenga beshikast qo`ndi

12:05, 09 mart 2016

Rossiyaning “Yamal” aviakompaniyasiga qarashli Tyumen-Yangi Urengoy yo`nalishi bo`yicha parvozni amalga oshirayotgan vaqtida shassida g`ildiragi chiqib ketgan Boeing 737-400 samolyoti Tyumen shahriga talafotsiz qo`ndi. 

Qo`nish vaqtida hech kim jarohat olmagan, samolyot yo`lovchilari bilan psixologlar ishlamoqda, deb xabar berdi TASS nashri. 

Samolyot bortida 148 nafar yo`lovchi va 7 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan. Ekipaj komandiri samolyotni qo`ndirishga qaror qilgan va aeroportga muvaffaqiyatli ravishda qo`ngan. Voqea yuzasidan qo`shimcha tergovoldi surushtiruv ishlari o`tkazilmoqda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!