Yigitali Rayhonni bayram bilan tabrikladi

12:40, 09 mart 2016

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan aktyor Yigitali Mamajonov barcha onalarni, shu jumladan, farzandlarining onasi - xonanda Rayhonni ham tabrikladi.  

Yigitali Instagram ijtimoiy tarmog`i orqali yo`llagan tabrigida “Er yuzidagi barcha ayollarni Sizning bayramingiz — 8 mart bilan tabriklaymiz. Hamma onalarni, ayniqsa, o`z Onamni, xolalarim, singillarim, jiyanlarimni va o`g`illarimning Onasini qutlayman. Barchaga mustahkam sog`lik, tuganmas baxt, xonadonlaringizga olam-olam quvonch va shodlik tilaymiz. Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan aziz ayollar!”, deb yozgan.

Tabrikni “polvonlarim va o`zimni nomimdan” deb yo`llagan Yigitali egizak o`g`illari bilan tushgan suratlarni ham joylagan. Bu haqda “Uz24.uz” xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun, xonanda Rayhon G`anieva va aktyor Yigitali Mamajonov 2012 yilda turmush qurishgan va 2014 yilda egizak farzandli bo`lishgan edi. 2015 yil boshida Rayhon ajrashishga ariza topshirdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 13:25, 11 mart 2016
Жудаям "ОЛАМШУМУЛ" вокеа юз берибди ю!
Гость 16:44, 10 mart 2016
Сахнадаги кузбуямачилик пул учун килинади.Турмушга хам кузбуямачилик учун чиккан эканда?