“Guanchjou Evergrand” dunyoning eng qimmat futbol klubiga aylandi

13:41, 09 mart 2016

Xitoyning “Guanchjou Evergrand” futbol klubi Madridning “Real” va “Manchester Yunayted” jamoalarini ortda qoldirib, dunyoning eng boy jamoasiga aylandi. Bu haqda Xinhuanet nashriga tayanib, “Championat.com” xabar bermoqda.

Xitoy klubi NEEQ aksiyalarini rekord qiymatga sotib, moliyaviy holati 3 mlrd evroga etkazib oldi. 2015 yil yakunlariga ko`ra, “Real” klubining moliyaviy holati 2,95 mlrd evroni, “MYu”niki esa 2,9 mlrd evroni tashkil qilgandi.

Eslatib o`tamiz, “Guanchjou Evergrand” Osiyo chempionlar ligasining amaldagi g`olibi hisoblanadi. Shuningdek, ushbu klub qishki transfer mavsumida “Atletiko” Madriddan Jekson Martinesni Osiyo futboli uchun rekord hisoblangan 42 mln evro evaziga xarid qilib, yangi rekord o`rnatdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!