Prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiya tarkibi Senat yalpi majlisida ko`rib chiqiladi

09:36, 10 mart 2016

2016 yil 9 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

Kengash O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining beshinchi yalpi majlisini shu yilning 31 mart kuni Toshkent shahrida chaqirish to`g`risida qaror qabul qildi. 

Senatning yalpi majlisida mamlakat ijtimoiy-siyosiy va sosial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarini izchil isloh qilishga hamda liberallashtirishga qaratilgan bir qator qonunlar, shu jumladan, «Parlament nazorati to`g`risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi (yangi tahriri), ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risidagi qonunlar, mamlakatning ayrim idoralari va muassasalari hisobotlari, shuningdek, Senatning prokuratura organlari faoliyatini nazorat qiluvchi komissiyasi tarkibi to`g`risidagi masala ko`rib chiqiladi. 

Majlisda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko`rib chiqildi. 

Muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!