Google Android N operasion tizimining yangi versiyasini taqdim etdi

15:47, 10 mart 2016

Android N operasion tizimining yangilanmasi ishlab chiquvchilar uchun mo`ljallangan versiyada paydo bo`lishga ulgurdi. U rasman kuz boshida taqdim etiladi. Hozircha esa barcha istovchilar Android N Developer Preview’ ni o`z qurilmalarida sinab ko`rishi mumkin. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Operasion tizimdagi yangiliklardan biri — bildirishnomalar oynasi lahzalik javob berish funksiyasini qo`llab-quvvatlaydi, ya`ni foydalanuvchi zarur dasturga kirib o`tirishi shart emas.

Ikkinchidan, Android`da birinchi marta bir vaqtning o`zida ikkita dasturda ishlash imkoniyati paydo bo`ladi, bunda bir yo`la ikkita oyna ochilib turadi.

Uchinchidan, “rasm ichidagi rasm” funksiyasi mavjud bo`ladi, bunda video ko`rilayotgan oynani ekran burchagiga joylab qo`yish mumkin.

Qo`shimcha ravishda, Google telefon ekrani bloklangan vaqtda batareya sarfini tejamkorroq qilish masalasi ustida ishlamoqda.

Ilk versiyani barcha qurilmalarda ham sinab ko`rib bo`lmaydi, hozircha u  Nexus 6,  Nexus 5X, Nexus 6P smartfonlari, Nexus 9 va Pixel C planshetlari, shuningdek,  Nexus Playerr mediapleeri uchun ochiq.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!