Qirg`iziston prezidenti korrupsiyaga qarshi kurashni sobiq tansoqchisiga ishonib topshirdi

16:35, 10 mart 2016

Qirg`iziston respublikasi milliy xavfsizlik xizmati korrupsiyaga qarshi kurashish bo`limini prezidentning sobiq tan soqchisi Ulan Isroilov boshqaradigan bo`ldi, unga qadar bu vazifani Buqanboy Qozoqov bajarib kelgan deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

Ulan Isroilov shu kunga qadar Davlat qo`riqlash bo`limida ishlagan, Qirg`iziston prezidenti Almazbek Atambaevning tansoqchisi bo`lgan, ilgari Bishkek shahrining Sverdlovsk tumani IIB boshlig`i va Qirg`iziston respublikasi IIV maxfiy boshqarmasining boshlig`i lavozimlarida xizmat qilgan. Buqonboy Qozoqov o`z xohishiga binoan ishdan bo`shash haqida ariza yozgan. Bunga milliy xavfsizlik davlat qo`mitasida 4 mart kuni sodir bo`lgan yong`in ham sabab bo`lgan bo`lishi mumkin. Yong`in oqibatida idoraning 9 nafar xodimi is gazidan zaharlangan. Rasmiy taxminlarga ko`ra yong`in elektr simidan chiqqan, norasmiy taxminga ko`ra esa maxsus xizmat binosida portlash oqibatida yong`in ko`tarilgan

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!