“Chelsi” Eden Azarni yozda sotib yubormoqchi

09:51, 11 mart 2016

Londonning “Chelsi” jamoasi yarim himoyachi Eden Azarni kelayotgan transfer oynasi davomida sotib yubormoqchi, deya xabar beradi Daily Mail. 

Ma`lumotlarga ko`ra, klub rahbariyati uning o`yinidan qoniqish hosil qilmayapti. Shu sababdan, belgiyalik transferga qo`yiladi. 25 yoshli futbolchiga “Real Madrid” katta qiziqish bildirmoqda. 

Joriy mavsumda Eden Azar “Chelsi”ning barcha turnirlarida atigi bitta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!