Xonanda Manzura turmushga chiqmayotgani sababini ma`lum qildi

10:34, 11 mart 2016

Xonanda Manzura Yo`ldosheva salkam qirq yoshga kirib, hali turmushga chiqmayotganidan afsuslanmasligini bildirdi. Bu haqda xonanda “Qalampir.uz” nashriga bergan intervyusida aytib o`tdi

“Bir xonanda mendan ‘Manzura turmushga chiqdingmi?’ deb so`radi, men unga ‘Yo`q hali’ deb javob berdim. U esa ‘To`g`ri qilasan, turmushga chiqma. Erga tegsang, bir umr qaynona va uning urug`-aymog`i bilan kurashib o`tishing kerak’ dedi. 38 yoshga kirib turmushga chiqmaganimdan afsus qilmayman. Demak, Yaratgan menga shu taqdirni ravo ko`rgan. Hozir nima ko`p – ajrashish ko`p. Agar turmush qurib ajrashib ketadigan bo`lsam, bunday oila qurgandan yolg`iz o`tganim afzal”, – dedi xonanda.

Shuningdek, u “Yo teskari zamon bo`ldimi?”  qo`shig`ini ijro etishiga oilasi buzilib ketayotgan dugonalarining taqdiri sabab bo`lganini ham aytib o`tdi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!



Гость 20:38, 14 mart 2016
Yaxshi niyyat qilish kerak avvalo
Гость 21:34, 13 mart 2016
Нотугри хулоса килибсан
Гость 15:24, 12 mart 2016
Bir tarafdan to'g'ri qilasiz. Haqiqatdan oila qurib ajrashgandan ko'ra yolg'iz yurgan yaxshiroq...
Гость 21:41, 11 mart 2016
manzura hali baxtizni tapasiz hamani julti bn yaratgan
Гость 14:29, 11 mart 2016
Kelajeni yaratish zurriyod qoldirishchi