Pokistonning Lahor shahrida yuz bergan terakt qurbonlari soni 72 nafarga etdi

12:29, 28 mart

Pokistonning Lahor shahridagi “Gulshani Iqbol” madaniyat va istirohat bog`ida yuz bergan terakt oqibatida halok bo`lganlar soni 72 nafarga etdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda.

Hudkush terrorchi o`zini portlatib yuborgan vaqtda bog` hududida odam juda ko`p bo`lgan. Ular Pokiston nasroniylarining Pasxa bayramini nishonlayotgan bo`lgan. Mazkur portlash 72 kishining umriga zomin bo`ldi. yana 300 nafardan ko`proq kishi yaralangan.  

Hudkush bog`ning bolalar o`ynaydigan qismiga yaqin joyda o`zini portlatgani uchun qurbonlar orasida bolalar ham talaygina.

Avvalroq terakt oqibatida 69 kishi halok bo`lgani haqida xabar berilgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!