Qibraylik 11 yoshli Zafarbek Xolmirzaev smartfon uchun proektor yaratdi (Video)

14:36, 28 mart

Toshkent viloyati Qibray tumani 1-o`rta ta`lim maktabining 4-sinf o`quvchisi Zafarbek Xolmirzaev smartfondagi tasvirni ekranda kattalashtirib ko`rsatadigan qurilma – proektorni ixtiro qildi. Bu haqda Zafarbekning opasi Mohlaroyim Qayumovaning Facebook`dagi sahifasiga asoslanib, “Uz24.uz” xabar bermoqda.

 Yosh ixtirochi bu qurilmani uy sharoitida yaratgan. Bunda karton quti, optik lupa va smartfondan foydalangan (batafsil videoda)

Zafarbek Xolmirzaev 11 yoshda. U texnikaga qiziqadi, yangi moslama, turli qurilmalar ixtiro qilish bilan shug`ullanadi. Mobil aloqa vositalari uchun ovoz kuchaytiruvchi apparatlar, smartfon uchun 3D ekran va boshqa qiziqarli kashfiyotlarni ham qilgan.

"Ukam uyda buzilib qolgan texnikalarni tuzatishga qiziqadi. O`zi ham yangi texnikalar yasaydi. Garchi bor-yo`g`i 4-sinfda o`qisa-da, fizikaviy qonunlarni o`rganishga qiziqadi. Fan yangiliklarini kuzatib boradi. Hozir teleportasiya - makon va zamonni inkor qilgan holda harakatlanish yo`llarini topish ustida izlanmoqda. Kelajakda teleportasiya ixtirochisi bo`lmoqchi. Ayni kunlarda antik davr tarixiga ham qiziqish bildirmoqda. Turli hajmlardagi katapultalar yasagan", - deydi opasi Mohlaroyim.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!