29 mart kuni O`zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

14:37, 28 mart

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 mart kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 20-22 daraja iliq bo`ladi. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi. 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi. 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda yomg`ir yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi,  yog`ingarchilik bo`lmaydi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13, kunduzi 20-25 daraja iliq bo`ladi. 

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Ayrim joylarda kuchli yomg`ir yog`ishi mumkin. 2500 metr balandlikdagi hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 10-15 daraja iliq bo`ladi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!