Londonda shokoladli bar ochildi (Video)

14:59, 28 mart

Londonning Shordich tumanida shokoladdan yasalgan bar ochildi. Bardagi barcha buyumlar, shu jumladan stoldan tortib, stulgacha, pivo solinadigan stakanlargacha shokoladdan yasalgan bo`lib, ularni bemalol iste`mol qilish mumkin. Bar If Carlsberg Did Chocolate Bars (“Agar Carlsberg shokoladli baton ishlab chiqarganda edi”), deb ataladi deya xabar berdi “Vesti”  nashri.

Quyidagi kadrlarda barcha buyumlari shokoladdan yasalgan kichkina bar oldida kirish uchun navbatda turgan shahar aholisini ko`rishingiz mumkin. Bu erda hatto tanovul qilish mumkin bo`lgan televizor hamda darts ham mavjud. 

Bar qurilishi uchun uch oy vaqt ketgan va yarim tonnadan ortiq shokolad sarflangan. Bu inshootni uzoq vaqt saqlashning imkoni bo`lmaganidan, shirinlikxo`r va pivoxo`rlar shoshilmasa, u tez kunda erib bitib, yo`q bo`lishi mumkin.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!