Rostov-Dondagi Boeing uchuvchilarning o`zaro kelishmovchiliklari oqibatida qulagan bo`lishi mumkin

15:23, 28 mart

Ekspertlarning xulosasiga ko`ra, samolyot ekipaji a`zolari Boeing`ning bir xususiyatini, ya`ni qo`nish rejimi paytida balandlikka ko`tarilishi mumkinligini hisobga olmagan. Oqibatda havo layneri sekin qo`nishning o`rniga, qiruvchi samolyot kabi yuqoriga intilgan. Shundan keyin uchuvchilar o`zaro bahslashib ketgan, deb xabar berdi “RIA Novosti” nashri.  

Halokatga uchragan samolyotning parametrik hamda nutqni yozib oladigan apparatidagi ma`lumotlarni o`rgangan espertlar, bo`lib o`tgan voqea haqida tasavvurga ega bo`ldi. Samolyot qo`nish uchun ikkinchi doira parvozni amalga oshirayotganida uchuvchilar qo`l rejimiga o`tishga qaror qilgan. Balandlikka ko`tarilayotganda uchuvchilar mustaqil ravishda uskunalarda ko`rsatilgan raqamlar bo`yicha samolyot tumshug`ini yo`naltirishlari lozim bo`lgan. Ekipaj a`zolari Boeing ning bir xususiyatini, ya`ni qo`nish rejimi paytida balandlikka ko`tarilishi mumkinligini hisobga olmagan. Oqibatda havo layneri sekin qo`nishning o`rniga, qiruvchi samolyot kabi yuqoriga intilgan.

Mutaxassislarning fikricha, uchuvchilar qattiq charchagandan yoki tajribasizliklaridan havo laynerining g`ayriixtiyoriy parvozini anglashmagan, samolyotning tezligi keskin tushib ketganidan uchuvchilar kabinasida janjal ko`tarilgan.

Parvozni boshqarayotgan uchuvchi tezlikni oshirish maqsadida dvigatel ish rejimini kuchaytirgan. Uning sherigi esa samolyot tumshug`ini pastga tushirish kerak deb hisoblagan. “To`xta, nima qilyapsan?” degan qichqiriqqa javoban u shturvalni burab, balandlikka ko`tarilayotgan samolyot tezligini kamaytirmoqchi bo`lgan. Oqibatda Boeingning bort kompyuteri ishdan chiqqan. Ekipaj a`zolari bo`lgan voqeani tushunib etganlarida, kech bo`lgan va samolyot halokatga uchragan.

Dubaydan parvoz qilgan Flydubai kompaniyasining Boeing 737-800 yo`lovchi tashuvchi samolyoti 19 mart kuni soat 03.42 da Rostov-Don shahrida halokatga uchragan edi

Samolyot bortida bo`lgan 55 yo`lovchi va 7 nafar ekipaj a`zosi halok bo`lgan. Rossiya federasiyasi tergov qo`mitasi samolyot halokatiga 3 narsa: texnik nosozlik, noqulay ob-havo sharoiti va ekipaj a`zolarining xatosi sabab bo`lgan degan taxminlarni ilgari surgan edi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!