Turkiya janubiy-sharqidagi portlash oqibatida 2 nafar harbiy halok bo`ldi

15:46, 28 mart

Turkiyaning janubiy-sharqida joylashgan Mardin provinsiyasi Nusaybin shahrida yuz bergan portlash oqibatida ikki nafar harbiy halok bo`ldi, besh nafari yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda

Portlashni mamlakat hududida taqiqlangan harakat Kurdiston ishchi partiyasi a`zolari sodir etdi. 

“27 mart Turkiyada taqiqlangan Kurdiston ishchi partiyasi a`zolari qo`ldan yasalgan portlovchi moslamani turk harbiylari joylashgan bino yaqinida portlatib yuborgan”,—deyiladi xabarda.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!