Toshkentda an`anaviy karate-do bo`yicha chempionat o`tkazildi

16:01, 28 mart

Toshkentda an`anaviy karate-do bo`yicha yoshlar va kattalar o`rtasida O`zbekiston chempionati o`tkazildi. 

O`zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Sharq yakkakurashlari va jang san`atlarini rivojlantirish markazi hamda An`anaviy karate-do federasiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar kata va kumite bo`yicha bahslashdi. 

Musobaqada Otabek va Asadbek Rajabboevlar, Davlatjon O`roqboev, Asilbek Farmonov, Abdulloali Tursunov, Shohimardon Halimov, Dilfuza Meliboeva, Iroda O`roqboeva, Nargiza Esoeva, Dilshoda Aliakbarova kabi sportchilar g`olib va sovrindorlar qatoridan joy oldi

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!