Texnik pasportni qancha vaqtda tiklash mumkin?

16:05, 28 mart

Agar mashina hujjatlari yo`qolsa, qancha vaqtda tiklash mumkin? Tartibi va to`lovi haqida ma`lumot bersangiz...

Elbek Musaev, Kitob tumani

Savolga O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig`i Xolmatjon SAYDALIEV javob beradi:
 
—  Agar transport vositasining qayd etish guvohnomasi, ya`ni texnik pasporti yo`qolsa, haydovchi bu haqda ariza yozadi va yashash joyi bo`yicha ma`muriy amaliyot bo`limiga murojaat qiladi. Ma`muriy amaliyot bo`limida ma`lumotlar bazasi orqali tekshiriladi hamda transport vositasiga taqiq yo`qligi haqida ma`lumot olingan transport vositasi ro`yxatga olingan DYHXXning ro`yxatlash va imtihon olish bo`limiga ariza topshiriladi. Haydovchiga transport vositasining qayd etish guvohnomasi dublikati yozib beriladi. Buning uchun undan qayd etish guvohnomasi uchun belgilangan to`lov stavkasining besh barobari miqdorida to`lov undiriladi. Bu stavka eng kam oylik ish haqining 20 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari texnik ko`rik uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi va ro`yxatlash uchun ham eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida to`lov to`lanadi.

ESLATIB O`TAMIZ: bugungi kunda respublikamizda eng kam oylik ish haqi miqdori 130 240 so`mni tashkil etadi.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!