O`zbekistonda 10 ming so`mlik kupyura muomalaga chiqarilishi haqidagi mish-mishlar asoslimi?

16:36, 28 mart

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeri  orqali o`n ming so`mlik kupyuralarining tasvirlari tarqaldi. Kupyurada Shahrisabz shahridagi Amir Temur haykali va Oqsaroy tasvirlangan. Bunga nisbatan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli xil fikrlar bildirildi. Masalan, joriy yilda sohibqiron Amir Temurning 680 yillligi munosabati yangi kupyura chiqarish rejalashtirilganligi  yoki Shanxay hamkorlik  tashkilotining Toshkentda bo`ladigan yubiley sammiti munosabati bilan 10 ming so`mlik kupyura chiqarilishi mumkinligi aytilmoqda.

“Qalampir.uz” tarqalgan mish-mishlarga aniqlik kiritish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan bog`landi.

Markaziy bankning bosh mutaxassisi Nasima Abdullaevaning  ma`lumot berishicha, “Yangi o`n ming so`mlik kupyurani chiqarish rejalashtirilmagan va bu haqda hech qanday ma`lumot yo`q. Agar yangi kupyura chiqarish rejalashtiriladigan bo`lsa, OAV orqali ma`lum qilinadi”.

Диққат, диққат! "Даракчи"нинг Telegram’даги расмий каналига аъзо бўлиб, янгиликлардан баҳраманд бўлинг!